Foto: “Daryo”

Dasturga ko‘ra, belgilangan yillarda respublika bo‘yicha jami 31 ta yangi sud binosi qurilib, 107 tasi rekonstruksiya qilinadi.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari dasturda nazarda tutilgan obyektlar bo‘yicha buyurtmachi etib belgilandi.

Bundan avval O‘zbekistonda OAV vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifi bo‘yicha yangi tartib belgilangani hamda O‘zbekiston qamoqxonalarida namoz o‘qish va ro‘za tutish bo‘yicha cheklovlar yo‘qligi ma’lum qilingani haqida xabar berilgandi.